• Shaxsiy kabinet
  • Ustama haq belgilash testi
  • Chet tilini bilish darajasi testi
  • kabinetga kirish

CHET TILLARNI BILISH VA EGALLASH DARAJASINI BAHOLASH BOSHQARMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma tarkibida uchta bo‘lim: Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish, Chet tillarini bilish darajasini baholashning texnik-dasturiy ta'minotini rivojlantirish, Test sinovlarini tashkil etish va malaka sertifikatlarini berish bo‘limlari tashkil etildi. Boshqarmaning asosiy vazifasi – xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Yangiliklar

Hurmatli o’qituvchilar!

01-11-2019 Hits:1235 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

2019 yil 1 noyabr kunidan boshlab Chet tili o’qituvchilarining bazaviy oylik maoshlariga ustama belgilash bo’yicha test sinovlari uchun online qabul boshlanadi. Onlayn qabul joriy yilning 30 noyabr kunigacha davom...

Read more

Talabgorlar diqqatiga!

25-10-2019 Hits:670 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Onlayn ro'yxatdan o'tgan talabgorlar hujjatlari tanlagan oyining birinchi 5 ish kunida DTM va uning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi. 2019 yil noyabr oyida bo’lib o’tadigan Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash...

Read more

Hurmatli talabgorlar!

24-10-2019 Hits:539 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

2019 yil 16-18 oktabr kunlari o‘tkazilgan Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari e'lon qilindi. Test natijalarini my.nsfla.uz saytida“Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali aniqlash mumkin. Appelyatsiya uchun arizalar, natijalar e’lon...

Read more
A A A

B1 darajadagi talabgor:

-       ommabop tanish mavzulardagi matnlarni muayyan ma’lumotlar olish uchun o`qib, tushuna oladi.

-       shaxsiy hayot mavzularida qaydlar va xabarlarni yoza oladi.

-       shaxsiy qiziqishlar, kundalik hayot mavzularida suhbat qiladi.

-       ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera oladi va fikrini bildiradi.

B1 daraja imtihoni 3 soat 5 daqiqa davom etadi va quyidagi bo`limlardan iborat:

 

1-bo‘lim: Tinglab tushunish ( 30-35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O`qish (70 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq/ 30 ball)

5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

 Imtihonning mazmuni

Tinglab tushunish. Tinglab tushunish bo‘limining maqsadi nomzodning chet tilidagi ommabop tanish mavzulardagi monologik va dialogik nutqning asosiy ma’nolarini tushuna olishini va so‘ralgan ma`lumotni topa olish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish bo‘limi 4 qismdan iborat. Tinglab tushunish bo‘limi mazmuni quyidagicha tuziladi:

 

 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (30-35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo`limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin tinglab tushunish bo`limi o`yicha yo`riqnoma va shundan so`ng har bir topshiriqni bajarishdan oldin  matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.

1-qism (1-10 savollar)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 10 ta qisqa monologlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (11-16 savollar)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda dialog.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish va ma`lumotlarni to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini aniqlay olish.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (17-22 savollar)

Matn turi: shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid intervyular.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

4-qism (23-30 savollar)

Matn turi: monolog- prezentatsiya, chiqish

Tekshiriladigan ko`nikmalar: dolzarb mavzulardagi tele-radio yangiliklar, shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.

Savollar turi: yopiq test.

2-bo‘lim: O`qish (70 daqiqa/ 4 qism / 30 savol)

 

1-qism (1-5 savollar)

Matn turi: chet tili muhitida kundalik hayotda uchraydigan qisqa matnlar: e’lon, reklama, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish bo`yicha yozma yo`riqnomalardan parcha, xatlar, elektron xatlardan parcha, gazeta va internet matnlardan parcha.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (6-12 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: gazeta va internet matnlarida tegishli ma`lumotni va fikrlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test: to`g`ri/noto`g`ri/berilmagan.

3-qism (13-20 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – qisqa hikoya.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: ommabop matnlar yoki badiiy asarlardagi  asosiy fikrni tushunish.

Savollar turi: yopiq test (savol va 4 ta javob varianti).

 4-qism (21-30 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – ensiklopediya yoki internet manbalaridan olingan matn. Tekshiriladigan ko`nikmalar:  matndagi asosiy fikrni tushunish.

Savollar turi: yopiq test 

 

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

 

1-qism (1-10 savollar)

Matn turi: ommabop matn.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: leksik birliklarni berilgan kontekstda to`g`ri ishlata olish matnda noto`g`ri ishlatilgan leksik va/yoki grammatik birliklarni to`g`ri qo`llay olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan so`zni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).

2-qism (11-20 savollar)

Matn turi: ommabop matn.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: so`z turkumlarning turli morfologik shakllarini to`g`ri qo`llay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda to`g`ri ishlata olish.

Savollar turi: gapdagi xatoni topish (4 muqobil variantdan to`g`risini tanlash, xato yo`q bo`lgan taqdirda D tanlanadi)

3-qism (21-30 savollar)

Matn turi: ommabop matn.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: o`zakdosh so`zlarning turli morfologik shakllarini to`g`ri qo`llay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda to`g`ri ishlata olish.

Savollar turi: yopiq test (4 muqobil variantdan matn mazmuniga mos keluvchi o`zakdosh so`zni tanlash).

4-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq)

Yozma nutq bo`limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to`g`ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

1-topshiriq: shaxsiy yozishmalar. Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim (60-80 so`z/10 ball). Mavzuda muammo ko`tariladi va xatda nomzodning ushbu muammo yuzasidan nuqtai nazarini bildirishi so`raladi.

2-topshiriq: shaxsiy tajribaga asoslangan  insho yozish (120-140 so`z/20 ball). Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.

 5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

Og`zaki nutq bo`limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og`zaki tarzda B1 daraja talablariga mos tarzda to`g`ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

 

1-qism

Suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi talab etiladi. Ushbu qism bo`yicha suhbat davomiyligi o`rtacha 4 daqiqa.

 

2-qism

Talabgordan berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o`z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi.

Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

  

3-qism

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.

  

6. Imtihon topshirish shartlari, imtihonga ajratilgan vaqt va imtihon natijalarini hisoblash

Imtihon topshirish shartlari, imtihonga ajratilgan vaqt va imtihon natijalarini hisoblash “Chet tillarni bilish va egallash darajasinmi aniqlash va malaka sertifikatlarini berish to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Custom

Boshqarma haqida

Сhet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi

  • Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi
  • Chet tillarini bilish darajasi bo'yicha sivov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo'limi

batafsil