Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

  • Shaxsiy kabinet
  • Pasport seriyasi va raqamini kiriting

  • Test turini tanlang

  • Arizalar soni
  • Chet tilini bilish darajasi testi
  • 12995 ta
  • Ustama haq belgilash testi
  • 4186 ta
  • 22.01.2019 vaqtdagi holatiga

CHET TILLARNI BILISH VA EGALLASH DARAJASINI BAHOLASH BOSHQARMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma tarkibida uchta bo‘lim: Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish, Chet tillarini bilish darajasini baholashning texnik-dasturiy ta'minotini rivojlantirish, Test sinovlarini tashkil etish va malaka sertifikatlarini berish bo‘limlari tashkil etildi. Boshqarmaning asosiy vazifasi – xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Yangiliklar

Ustama haq olish uchun 2018 yil 26-28 de…

15-01-2019 Hits:2159 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Ustama haq olish uchun 2018 yil 26-28 dekabr kunlari o‘tkazilgan uchta tarkibiy bo‘lim bo‘yicha test sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini my.nsfla.uz saytidan bilishi mumkin. Hozirda test sinovi natijasiga muvofiq...

Read more

Test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish k…

14-01-2019 Hits:1192 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi sababli, test...

Read more

2018 yil 16 aprel – 16 may kunlari o‘t…

28-05-2018 Hits:470 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Hurmatli nomzodlar! 2018 yil   16 aprel – 16 may kunlari o‘tkazilgan test sinovi  natijalari e'lon qilindi.Test natijalarini “Shaxsiy kabinet” orqali aniqlashingiz mumkin. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar  sertifikatlarni qachon va qayerdan olishlari...

Read more
A A A

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari O‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. 
Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. 
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e'tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Custom

Boshqarma haqida

Сhet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi

  • Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi
  • Chet tillarini bilish darajasini sertifikatlash bo‘limi

batafsil

  • Testimonials1
    EMMA THOMSON
    Happy Customer
    “Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore aliqua.”
  • Testimonials2
    GINA DAVIES
    Happy Customer
    “Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore aliqua.”
  • Testimonials3
    RUBY DOLL
    Happy Customer
    “Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore aliqua.”