Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

  • Shaxsiy kabinet
  • Pasport seriyasi va raqamini kiriting

  • Test turini tanlang

CHET TILLARNI BILISH VA EGALLASH DARAJASINI BAHOLASH BOSHQARMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma tarkibida uchta bo‘lim: Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish, Chet tillarini bilish darajasini baholashning texnik-dasturiy ta'minotini rivojlantirish, Test sinovlarini tashkil etish va malaka sertifikatlarini berish bo‘limlari tashkil etildi. Boshqarmaning asosiy vazifasi – xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Yangiliklar

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lav…

09-07-2019 Hits:396 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha test sinovlari 2019 yil 16-iyuldan 18-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar ko‘rsatilgan vaqtdan 30 daqiqa oldin kelishi talab etiladi.  Talabgorlar...

Read more

Ustama haq olish uchun 2019 yil 17-19 iy…

08-07-2019 Hits:315 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Ustama haq olish uchun 2019 yil 17-19 iyun kunlari o‘tkazilgan test sinovlarining «Yozish» ko’nikmasi bo‘yicha natijalar e'lon qilindi. Natijalarni o`z shaxsiy kabinetingiz orqali (my.nsfla.uz) bilishingiz mumkin.

Read more

Ustama haq olish uchun 2019 yil 17-19 iy…

29-06-2019 Hits:2047 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Ustama haq olish uchun 2019 yil 17-19 iyun kunlari o‘tkazilgan uchta tarkibiy bo‘lim bo‘yicha test sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini my.nsfla.uz saytidan bilishi mumkin. Hozirda test sinovi natijasiga muvofiq...

Read more
A A A

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, O‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

Custom

Boshqarma haqida

Сhet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi

  • Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi
  • Chet tillarini bilish darajasini sertifikatlash bo‘limi

batafsil