Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A



1. www.nsfla.uz saytiga kiring.
2. Onlayn ariza sahifasini tanlang.
3. “Chet tilini bilish darajasi testi” sahifasini tanlang.
4. “Ro‘yxatdan o‘tish tartibi”ni o‘qib tanishib chiqing.
5. Tartibni to‘liq o‘qib tushunganingizdan so‘ng, sahifaning pastki qismidagi onlayn ariza tugmasini bosing.
6. O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni aniq to‘ldiring.
7. Asosiy e’tiboringizni rasmga qarating (fon oq rangda, rasmiy kiyim, rasm parametrlari).
8. Ko‘rsatilgan elektron pochtaga Ariza va to‘lov uchun kvitansiyani qabul qilib oling.
9. Pochtangizdagi Arizani va To‘lov kvitansiyasini yuklab oling va printerda chop qiling.
10. Istalgan bank kassasi yoki amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lov kvitansiyasida ko‘rsatilgan summani, ko‘rsatilgan hisob raqamiga uch ish kunidan kechikmasdan to‘lashingiz shart.
11. Onlayn Ariza va to‘lovlarni amalga oshirganingizdan so‘ng Davlat test markaziga yoki uning hududiy bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni shaxsan olib keling:
- Ariza nusxasi (past qismiga imzo qo‘yilishi kerak);
- Davlat yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov kvitansiyasi nusxasi (to‘lov eng kam oylik ish xaqining 1.5 barobari);
- Pasport nusxasi;
- Hujjatlar uchun jild;

DTM manzili: 100202, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.


1. www.nsfla.uz saytiga kiring.
2. “Chet tilini bilish darajasi testi” bo‘limini tanlang.
3. “Test sinovlari formati” sahifasida test sinovlari qanday bo‘limlardan tashkil topgani va h.k. to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishing.
4. “Test sinovlari namunalari” sahifasi orqali test namunalarini olib tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

1. Test o‘tkaziladigan kun talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti) bilan belgilangan vaqtdan (bir soat) oldin kelishi shart.
2. Test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga ta’qiqlangan vositalar: aloqa vositalari (telefon, elektron soat), shpargalka, lug‘at olib kirish taqiqlanadi (shunday holat yuz bersa nomzod nizomga muvofiq test sinovlaridan chetlashtiriladi va ularning natijasi chiqarilmaydi).
3. Test sinovlariga faqat sharikli ko‘k ruchka olib kirish mumkin.
4. Auditoriyaga ustki kiyimlar, sumka, papka va boshqalarni olib kirish ta’qiqlanadi.
5. Test jarayonida boshqa talabgorlar bilan gaplashish, orqa va yon taraflarga qarash,boshqa talabgorlarning test savollari kitobi yoki javoblar varag‘idan foydalanish taqiqlanadi.
6. Auditoriya mas’ul kuzatuvchisi test boshlanganini ma’lum qilmasdan oldin savollar kitobini ochish taqiqlanadi.
7. Test sinovi tugaganligi to‘g‘risida auditoriya mas’ul kuzatuvchisi e’lon qilgandan so‘ng hamma ruchkani stolga qo‘yib, auditoriya kuzatuvchisi kelishini kutib turadi.
8. Test sinovi tugaganligi to‘g‘risidagi e’londan keyin ham yozishda davom etgan talabgorlar test sinovlaridan chetlatiladi.
9. Test sinovi materiallarini yirtish, boshqa shaxsga uzatish xolatlari yuz bersa test sinovidan chetlatiladi.
10. Auditoriya kuzatuvchisiga test sinovi paytida savol berish taqiqlanadi (test sinovlari o‘tkazilishi bo‘yicha barcha savollar mas’ul kuzatuvchiga imtihon boshlanishidan oldin beriladi).
11. Auditoriya kuzatuvchisi ruxsatisiz auditoriyani tark etish ta’qiqlanadi.
12. Test materiallarini auditoriyadan olib chiqish man etiladi.
13. Test sinovlariga uzrsiz sabablar bilan kech qolgan yoki kelmagan hollarda to‘langan badal nomzodga qaytarilmaydi.
14. Sizga noto‘g‘ri, talabga mos bo‘lmagan imtihon materiallari berilgan deb hisoblasangiz yoki imtihon materiallari, test topshiriqlari nuqsonli bo‘lsa auditoriya mas’ul kuzatuvchisiga zudlik bilan xabar bering.
15. Kichik va katta (insho uchun) javoblar varaqasi raqamlarini solishtiring, ular bir xil bulishi kerak. Raqamlar bir biridan farq qilsa auditoriya mas’ul kuzatuvchisiga murojaat qiling.
16. Test sinovlari paytida sog‘ligingiz yomonlashsa zudlik bilan auditoriya mas’ul kuzatuvchisini ogohlantiring.

1. Test sinovlari natijalari ular o‘tkazilgan kundan boshlab uch haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.
2. Test sinovi natijasida maksimal ballning 60% dan kam to‘plagan talabgorlarga malaka sertifikati berilmaydi va to‘langan badal qaytarilmaydi.
3. Test sinovi yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun to‘lov to‘langan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.
4. Ijobiy baholangan talabgorlar malaka sertifikatini shaxsan yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali Davlat test markazidan yoki uning hududiy bo‘linmalaridan ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar olib ketishlari mumkin.
Details Last Updated: 12 June 2019 Hits: 587

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring

Hozirda saytimizda 3 ta foydalanuvchi