Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A

Chet tili o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013 yil 10 oktyabrdagi 01-339-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Chet tillar o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risida»gi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 31 oktyabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2520) hamda 2015 yil 19 yanvardagi 01-15-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Chet tillar o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 28 yanvarda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2520-1) asosida o’tkaziladi.

Test quyidagi bo’limlardan iborat:

Tinglab tushunish bo’limi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

O’qib tushunish bo’limi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

Leksik va grammatik kompetensiyalar bo’limi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda to’g’ri qo’llay olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Yozish bo’limi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida yaxlit matn tuza olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Gapirish bo’limi: savollarga javob bera olish, og’zaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan o’z fikrini bildirib asoslab bera olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Har bir bo’limda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball.

Testning tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo’limlarining har biridan kamida maksimal ballning 40% (12 ball) yig’gan o’qituvchilarning yozma ishi tekshiriladi. Yozish bo’limidan kamida maksimal ballning 50% (15 ball) yig’gan o’qituvchilarning gapirish ko’nikmasi tekshiriladi.  Testning tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo’limlarining har biridan kamida maksimal ballning 40%, yozish va gapirish bo’limlarining har biridan kamida maksimal ballning 50%, jami kamida 66 ball yig’gan o’qituvchilar testdan muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadi.