A A A

Hurmatli o‘qituvchilar, ohirgi 3-5 yilda malaka oshirish kursidan (144 soatlik) o‘tmagan bo‘lsangiz, test sinovida ishtirok etish uchun ariza to‘ldirmang. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda ham sizning oylik maoshingizga ustama haq belgilanmaydi.

   Ustama haq belgilash shartlari:

asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan 
                                                                        va

chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, ushbu haqida ma'lumotnomaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama haq belgilanadi.

    Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi qarorining “Ta'lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlari” to‘g‘risidagi 3-ilovasida qayd etilgan.