A A A

Kelib tushadigan barcha yozma va og‘zaki murojaatlar Markaz devonxonasida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli kirim raqami va qabul qilingan sana qayd etiladi.

Og‘zaki murojaat bilan kelgan fuqarolarni tegishli bo‘lim boshlig‘i qabul qiladi, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan yozma bayonnoma tuzadi va umumiy asoslarda ijroga qaratadi.

 Fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish Markaz vakolati doirasiga kirmaydigan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.

Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar bo‘lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o‘ziga qaytariladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning quyidagi muddatlari o‘rnatilgan:

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.

Markazda fuqarolarning shaxsiy qabuli tegishli tartibda tasdiqlangan jadvalga asosan direktor va uning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, shuningdek zarur hollarda tegishli mas’ul xodimlar tomonidan fuqarolarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan maxsus xonada amalga oshiriladi.