Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A




Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi

Savol: 

Professor-o‘qituvchi va o‘qituvchi chet tilini bilish va egallash darajasi haqidagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lsa, oylik maoshiga ustama olish uchun chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan

Javob:

Professor-o‘qituvchi va o‘qituvchi chet tilini bilish va egallash darajasi haqidagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lsa, oylik maoshiga ustama olish uchun chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovidan o‘tishi kerakmi?

Savol: 

Chet tili professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilashda nimalarga e'tibor qaratiladi?

Javob:

Professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilashda quyidagilar majburiydir:

a) asosiy ish joyidan ajralmagan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha belgilangan tartibga malaka oshirish;

b) zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovidan o‘tish;

c) malaka oshirish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.

Savol: 

Agarda chet tili professor-o‘qituvchisi va o‘qituvchisida chet tilini bilish darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatlar bo‘lsa ustama olish uchun test sinovidan o‘tishi kerakmi?

Javob:

Professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarda International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language (TOEFL) DELE (ispan tili chet tili sifatida), DELF (fransuz tili chet tili sifatida), SILS (italyan tili chet tili sifatida),  Test DAFT (nemis tili chet tili sifatida)  va boshqa xalqaro sertifikalar bo‘lsa ham ustama olish uchun Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovidan o‘tishi talab etiladi.

Savol: 

Chet tili fani professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash uchun test sinovlari qachon o‘tkaziladi?

Javob:

Chet tili fani professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish muddati haqida DTMning saytida e'lon qilinadi. Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.dtm.uz saytidan olishingiz mumkin.