A A A

Chet tilini bilish darajasi test sinovlari formati: C1 darajasi

C1 darajadagi nomzod:

-       katta hajmdagi murakkab matnlarni ochiq aytilmagan ma’nolarigacha tushuna oladi.

-       tayyorgarliksiz tez gapira oladi va fikrini ifodalash uchun so‘z tanlashda qiyinchilik sezmaydi.

-       tilni ijtimoiy, ilmiy va professional muloqot uchun samarali ishlata oladi.

-       xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplashadi.

-       turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.

-       murakkab mavzularda aniq, yaxshi strukturalangan matnlar tuza oladi.

C1 daraja imtihoni 3 soat 50 daqaiqa davom etadi va quyidagi bo’limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa / 2 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (1 soat 20 daqiqa / 3 topshiriq)

5-bo‘lim: Gapirish (20 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn bir marta eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

1-qism (10 savol)

Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish holatlarini ham o‘z ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: audiokitoblar yoki asarlar radiopostanovkalaridan parchalar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng ko‘lamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (10 savol)

Matn turi: ma’ruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid bolmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutqlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ommabop materiallar - gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: tushirib qoldirilgan gaplar bilan matnni to‘ldirish.

3-qism (10 savol)

Matn turi: akademik matnlardan parcha (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test (to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan); moslashtirish.

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

1-qism (15 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - taxminan 300 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: leksik birliklarni (polisemik so‘zlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi - taxminan 250 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: grammatik xatolar bor-yo‘qligini aniqlash.

4-bo‘lim: Yozish (1 soat 30 daqiqa / 3 topshiriq)

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch ma’lumotlar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z / 10 ball).

2-topshiriq: berilgan mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z / 10 ball).

3-topshiriq: berilgan matnning qisqacha mazmunini yozish (100 so‘z / 10 ball).

5-bo‘lim: Gapirish (20 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.

2-qism: berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.

3-qism: berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va misollar keltirish orqali dalillash.