Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A



Chet tilini bilish darajasi test sinovlari formati: C1 darajasi

C1 darajadagi nomzod:

-       katta hajmdagi murakkab matnlarni ochiq aytilmagan ma’nolarigacha tushuna oladi.

-       tayyorgarliksiz tez gapira oladi va fikrini ifodalash uchun so‘z tanlashda qiyinchilik sezmaydi.

-       tilni ijtimoiy, ilmiy va professional muloqot uchun samarali ishlata oladi.

-       xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplashadi.

-       turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.

-       murakkab mavzularda aniq, yaxshi strukturalangan matnlar tuza oladi.

C1 daraja imtihoni 3 soat 50 daqaiqa davom etadi va quyidagi bo’limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa / 2 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (1 soat 20 daqiqa / 3 topshiriq)

5-bo‘lim: Gapirish (20 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn bir marta eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

1-qism (10 savol)

Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish holatlarini ham o‘z ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: audiokitoblar yoki asarlar radiopostanovkalaridan parchalar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng ko‘lamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (10 savol)

Matn turi: ma’ruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid bolmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutqlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ommabop materiallar - gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: tushirib qoldirilgan gaplar bilan matnni to‘ldirish.

3-qism (10 savol)

Matn turi: akademik matnlardan parcha (matn hajmi - taxminan 1000 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test (to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan); moslashtirish.

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

1-qism (15 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - taxminan 300 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: leksik birliklarni (polisemik so‘zlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi - taxminan 250 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: grammatik xatolar bor-yo‘qligini aniqlash.

4-bo‘lim: Yozish (1 soat 30 daqiqa / 3 topshiriq)

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch ma’lumotlar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z / 10 ball).

2-topshiriq: berilgan mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z / 10 ball).

3-topshiriq: berilgan matnning qisqacha mazmunini yozish (100 so‘z / 10 ball).

5-bo‘lim: Gapirish (20 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.

2-qism: berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.

3-qism: berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va misollar keltirish orqali dalillash.

B1 darajadagi talabgor:

-       ommabop tanish mavzulardagi matnlarni muayyan ma’lumotlar olish uchun o`qib, tushuna oladi.

-       shaxsiy hayot mavzularida qaydlar va xabarlarni yoza oladi.

-       shaxsiy qiziqishlar, kundalik hayot mavzularida suhbat qiladi.

-       ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera oladi va fikrini bildiradi.

B1 daraja imtihoni 3 soat 5 daqiqa davom etadi va quyidagi bo`limlardan iborat:

 

1-bo‘lim: Tinglab tushunish ( 30-35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O`qish (70 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq/ 30 ball)

5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

 Imtihonning mazmuni

Tinglab tushunish. Tinglab tushunish bo‘limining maqsadi nomzodning chet tilidagi ommabop tanish mavzulardagi monologik va dialogik nutqning asosiy ma’nolarini tushuna olishini va so‘ralgan ma`lumotni topa olish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish bo‘limi 4 qismdan iborat. Tinglab tushunish bo‘limi mazmuni quyidagicha tuziladi:

 

 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (30-35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo`limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin tinglab tushunish bo`limi o`yicha yo`riqnoma va shundan so`ng har bir topshiriqni bajarishdan oldin  matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.

1-qism (1-10 savollar)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 10 ta qisqa monologlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (11-16 savollar)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda dialog.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish va ma`lumotlarni to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini aniqlay olish.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (17-22 savollar)

Matn turi: shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid intervyular.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

4-qism (23-30 savollar)

Matn turi: monolog- prezentatsiya, chiqish

Tekshiriladigan ko`nikmalar: dolzarb mavzulardagi tele-radio yangiliklar, shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.

Savollar turi: yopiq test.

2-bo‘lim: O`qish (70 daqiqa/ 4 qism / 30 savol)

 

1-qism (1-5 savollar)

Matn turi: chet tili muhitida kundalik hayotda uchraydigan qisqa matnlar: e’lon, reklama, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish bo`yicha yozma yo`riqnomalardan parcha, xatlar, elektron xatlardan parcha, gazeta va internet matnlardan parcha.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (6-12 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: gazeta va internet matnlarida tegishli ma`lumotni va fikrlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test: to`g`ri/noto`g`ri/berilmagan.

3-qism (13-20 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – qisqa hikoya.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: ommabop matnlar yoki badiiy asarlardagi  asosiy fikrni tushunish.

Savollar turi: yopiq test (savol va 4 ta javob varianti).

 4-qism (21-30 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – ensiklopediya yoki internet manbalaridan olingan matn. Tekshiriladigan ko`nikmalar:  matndagi asosiy fikrni tushunish.

Savollar turi: yopiq test 

 

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

 

1-qism (1-10 savollar)

Matn turi: ommabop matn.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: leksik birliklarni berilgan kontekstda to`g`ri ishlata olish matnda noto`g`ri ishlatilgan leksik va/yoki grammatik birliklarni to`g`ri qo`llay olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan so`zni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).

2-qism (11-20 savollar)

Matn turi: ommabop matn.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: so`z turkumlarning turli morfologik shakllarini to`g`ri qo`llay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda to`g`ri ishlata olish.

Savollar turi: gapdagi xatoni topish (4 muqobil variantdan to`g`risini tanlash, xato yo`q bo`lgan taqdirda D tanlanadi)

3-qism (21-30 savollar)

Matn turi: ommabop matn.

Tekshiriladigan ko`nikmalar: o`zakdosh so`zlarning turli morfologik shakllarini to`g`ri qo`llay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda to`g`ri ishlata olish.

Savollar turi: yopiq test (4 muqobil variantdan matn mazmuniga mos keluvchi o`zakdosh so`zni tanlash).

4-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq)

Yozma nutq bo`limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to`g`ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

1-topshiriq: shaxsiy yozishmalar. Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim (60-80 so`z/10 ball). Mavzuda muammo ko`tariladi va xatda nomzodning ushbu muammo yuzasidan nuqtai nazarini bildirishi so`raladi.

2-topshiriq: shaxsiy tajribaga asoslangan  insho yozish (120-140 so`z/20 ball). Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.

 5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

Og`zaki nutq bo`limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og`zaki tarzda B1 daraja talablariga mos tarzda to`g`ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

 

1-qism

Suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi talab etiladi. Ushbu qism bo`yicha suhbat davomiyligi o`rtacha 4 daqiqa.

 

2-qism

Talabgordan berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o`z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi.

Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

  

3-qism

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.

  

6. Imtihon topshirish shartlari, imtihonga ajratilgan vaqt va imtihon natijalarini hisoblash

Imtihon topshirish shartlari, imtihonga ajratilgan vaqt va imtihon natijalarini hisoblash “Chet tillarni bilish va egallash darajasinmi aniqlash va malaka sertifikatlarini berish to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

B2 darajadagi nomzod:

    -  mavhum va konkret mavzulardagi murakkab matnlarni, shu jumladan mutaxassislikka oid matnlarni tushuna oladi.

    -  tayyorgarliksiz ravon gapira oladi.

    -  xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplashadi.

    -  turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.

    -  muammoga o’z fikrini bildirib, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsata oladi.

B2 daraja imtihoni 3 soat 20 daqaiqa davom etadi va quyidagi bo’limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

4-bo‘lim: Yozish (1 soat / 2 topshiriq)

5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

 

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa / 4 qism / 30 savol)

Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.

1-qism (6 savol)

Matn turi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan qisqa dialoglar, e’lon va xabarlar, radio va tele-reportajlardan parchalar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (8 savol)

Matn turi: dialog(ijtimoiy mavzulrdagi muloqot)

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ayrim ma’lumotlarni olish va tafsilotlarni tushunish uchun tinglash.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (8 savol)

Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

4-qism (8 savol)

Matn turi: ma’ruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: keng kolamli nutq va murakkab fikrlar bayonini kuzatib tushunish, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari mohiyatini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-bo‘lim: O‘qish (1 soat / 3 qism / 30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi - taxminan 800 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi autentik matnning tafsilotlarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ommabop materiallar - gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi - taxminan 800 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: kattaroq hajmdagi maqolalardan tegishli ma’lumotlarni ajrata olish.

Savollar turi: yopiq test; gapni tugallash.

3-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ilmiy-ommabop materiallar – kasbiy sohalarga oid kattaroq hajmdagi maqola va ma’ruzalar (matn hajmi - taxminan 800 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi murakkab matnlarning tafsilotlarini tushunish va tegishli matnlarni ajrata olish, tanish va notanish mavzulardagi matnlarning ayrim jihatlarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test (to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan); moslashtirish.

3-bo‘lim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi - taxminan 200 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: leksik birliklarni (polisemik so‘zlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi - taxminan 100 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni to‘g‘ri qo‘llay olish.

Savollar turi: grammatik xatolarni topish.

3-qism (10 savol)

Matn turi: badiiy matn (matn hajmi - taxminan 150 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: so‘z turkumlarining turli morfologik shakllarini va leksik birliklarni berilgan kontekstda to‘g‘ri ishlatish olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirib qoldirilgan so‘zlarni qo‘yish.

4-bo‘lim: Yozish (1 soat / 2 topshiriq)

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z / 10 ball).

2-topshiriq: berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z / 20 ball).

5-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.

2-qism: berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.

3-qism: maqolani umumlashtirish, xulosa qilish, berilgan mavzuga oid qarash yoki fikrlarni rivojhlantirish, misollar keltirish orqali dalillash. (Yuklab olish)

Chet tilini bilish darajasi testi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan

“Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida o’tkaziladi.

Test quyidagi bo’limlardan iborat:

Tinglab tushunish bo’limi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

O’qib tushunish bo’limi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalarini tekshiradi.

Leksik va grammatik kompetensiyalar bo’limi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda to’g’ri qo’llay olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Yozish bo’limi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qo’llagan holda yaxlit matn tuza olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Gapirish bo’limi: savollarga javob bera olish, og’zaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan o’z fikrini bildirib asoslab bera olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Testning yozma qismi (tinglab tushunish, o’qib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish bo’limlari) bir kunda, gapirish bo’limi alohida o’tkaziladi.

Har bir bo’limda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli o’tish uchun maksimal ballga nisbatan 60% yoki undan yuqori yig’ish kerak.