Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A
Yangiliklar

Yangiliklar (7)

Rate this item
(19 votes)

Ustama haq olish uchun 2018 yil 26-28 dekabr kunlari o‘tkazilgan uchta tarkibiy bo‘lim bo‘yicha test sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini my.nsfla.uz saytidan bilishi mumkin. Hozirda test sinovi natijasiga muvofiq “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalari” bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilarning yozma ishilari tekshirilmoqda. To`liq ma`lumot my.nsfla.uz saytida

Rate this item
(22 votes)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi sababli, test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish kechiktirilayotganini ma'lum qilamiz.

Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligi to‘g‘risida nsfla.uz saytida e'lon beriladi.

Rate this item
(5 votes)

Hurmatli nomzodlar!

2018 yil   16 aprel – 16 may kunlari o‘tkazilgan test sinovi  natijalari e'lon qilindi.Test natijalarini “Shaxsiy kabinet” orqali aniqlashingiz mumkin.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar  sertifikatlarni qachon va qayerdan olishlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” lari orqali bilib olishlari mumkin. 

Barchangizga omad tilaymiz!!!

Rate this item
(1 Vote)

2018 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimovning «Cambridge  Assessment International Education» delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Cambridge Assessment International Education»ning Shimoliy va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha dasturi rahbari janob Stiven King, Qozog‘iston va Malayziya hukumati hamda «Cambridge Assessment International Education»ning ta'lim bo‘yicha maslahatchisi Kristina Rimini xonim ishtirok etdilar. 

M.M.Karimov o‘z chiqishida Davlat test markazi tarixi, uning tarkibiy tuzilmasi, 2018 yilda oliy ta'lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlaridagi vazifalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Shuningdek, mehmonlarning Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan boshqa turdagi test sinovlari, xususan, Milliy test tizimi doirasida chet tilini bilish darajasini baholashda ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, koreys, arab va boshqa tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari haqidagi ma'lumotlarga qiziqishlari yuqori bo‘ldi.

Tomonlar hamkorlik imkoniyatlari va test topshiriqlarini tuzishning turli jihatlari, chet tilini bilish darajasini xolisona baholashda yangi imkoniyatlardan qoniqish hosil qildilar.

Uchrashuv ishtirokchilari Davlat test markazi va «Cambridge Assessment International Education» o‘rtasida kelgusida ham har tomonlama hamkorlik qilishga rozilik va bu hamkorliklar test topshiriqlari sifatini ko‘tarish hamda baholash xolisligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Rate this item
(2 votes)

2018 yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimovning Oxford University Press (OUP) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Oxford University Press»ning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha rahbari Djuliya Till, regional menejeri Martin Kurtis, «Oxford University Press»ning Qirg‘izistondagi vakili, «Zar Donish» XK direktori, O‘zbekistonda Macmillan Publishers nashriyotini rasman taqdim etuvchi Shoira Avazovalar ishtirok etdilar.

M.M.Karimov mehmonlarni markazm faoliyati bilan batafsil tanishtirdi va 2018 yilda oliy ta'lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuv davomida «Oxford University Press» vakillari tomonidan Davlat test markazi faoliyatining turli jabhalari to‘g‘risida bir nechta savollar bilan murojaat qilindi va ularga rahbariyat, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi, Umumta'lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi ekspertlari E.Uraeva, L.Akramova, P.Fozilovlar batafsil javob berishdi.

Tomonlar kelgusidagi hamkorlik loyihalari muhokama qildilar.

Rate this item
(2 votes)

Hurmatli nomzodlar!

2018 yil 13 fevral– 6 mart kunlari o‘tkazilgan test sinovi umumiy natijalari e'lon qilindi.Test natijalarini “Shaxsiy kabinet” orqali aniqlashingiz mumkin.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar  sertifikatlarni qachon va qayerdan olishlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” lari orqali joriy yilning 17 mart sanasida bilib olishlari mumkin. 

 

Shuni ma’lum qilamizki, maksimall ballga (150 ball - 100% ) nisbatan yetarli miqdordagi  ballni  (90 ball - 60%) to‘play olmagan  nomzodlar  joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovlariga qatnashish imkoniyatiga ega.

 Barchangizga omad tilaymiz!!!

Rate this item
(3 votes)

Joriy yilning 22 fevralida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Tashqi siyosiy va Tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til ta'limi va tarjima maslalalari” mavzusida XI ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi elchihonasi, UzTEA va oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyada til ta'limi va tarjima masalalari bo‘yicha dolzarb masalalar, jumladan, chet tilini o‘qitish sifatini oshirish, konferens-tarjimonlik masalasidagi muammolar, baholash mezonlari, arab tiliga maqsadli o‘qitish va boshqalar muhokama qilindi.

Konferensiyada Davlat test markazining Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi hodimlari - S.Radjabov, E.Uraeva, J.Eshniyozov, N.Salomovlar qatnashdilar hamda chet tillarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo`yicha ma'ruza qildilar.

Ushbu konferensiya chet tillarini o‘rgatish sohasidagi mutaxassislar uchun yangi aloqalar o‘rnatish, chet tillarini o‘qitish sifatini oshirishda yangi qadam bo`ldi.

Last modified on Friday, 02 March 2018 13:54