Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A
Wednesday, 27 February 2019 15:58

Сhet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash hamda davlat namunasidagi malaka sertifikat olish maqsadida o`tkazilgan test sinovi haqida tahliliy ma’lumot

Rate this item
(20 votes)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 352-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yilning fevral, aprel va oktabr oylarida test sinovlari o`tkazildi.

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash hamda davlat namunasidagi A2, B1, B2 va C1 darajali malaka sertifikatlarini olish uchun 2018 yilda 13783 nafar talabgorlardan (13233 ta ingliz, 181 ta nemis, 74 ta fransuz, 271 ta arab, 15 ta koreys, 4 ta yapon, 2 ta turk, 2 ta fors va 1 ta xitoy) arizalar qabul qilindi. Test sinovlari natijasiga muvofiq talabni bajargan talabgorlar soni 6206 ta bo`lib, ulardan 6003 nafarga ingliz, 87 nafariga arab, 23 nafariga fransuz, 81 nafariga nemis, 6 nafariga koreys, 2 nafariga yapon, 2 nafariga turk, 2 nafariga fors tillari bo`yicha chet tilini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi A2, B1, B2 va C1 darajali malaka sertifikatlari berildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o`qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 610-son qarorida abiturientlar, o`quvchi-talabalar va o`qituvchilar uchun ko`zda tutilgan bir qator imtiyozlar talabgorlar sonini keskin oshishiga sabab bo`ldi (taqqoslash uchun 610-son qarori qabul qilinishidan avval, 2017 yilda 423 ta ariza qabul qilingan, shulardan ijobiy baholangan talabgorlar soni 215 ta).

Talabgorlarning aksariyat qismi OTMlarga kiruvchi abiturientlar bo`lib, B1 daraja bo`yicha test sinovida qatnashdilar va ularning natijalari quyidagicha:

 

Xorijiy til

Ariza berganlar
soni

Sertifikat talablarini
 bajarganlar soni

Ingliz

12656

5681 (44,9%)

Nemis

163

72 (44,2%)

Fransuz

67

18 (26,9%)

Jami:

12886

5771 (44,8%)

 

B1 darajasi bo`yicha talabgorlarning 98,2% ingliz tili fanidan bo`lib, hudud bo`yicha quyidagi jadvalda ko`rish mumkin.

 

                     Ingliz tili B1 daraja

Hudud

Arizalar soni

Sertifikat olganlar

Foiz

1

Qoraqalpog`iston Respublikasi

368

179

48,6

2

Andijon viloyati

786

331

42,1

3

Namangan viloyati

1061

481

45,3

4

Farg`ona viloyati

1718

749

43,6

5

Buxoro viloyati

904

524

58

6

Xorazm viloyati

1213

574

47,3

7

Surxondaryo viloyati

377

157

41,6

8

Qashqadaryo viloyati

737

270

36,6

9

Jizzax viloyati

392

184

46,9

10

Navoiy viloyati

823

438

53,2

11

Samarqand viloyati

925

326

35,2

12

Sirdaryo viloyati

175

70

40

13

Toshkent viloyati

661

280

42,4

14

Toshkent shahri

2516

1118

44,4

 

Jami: 

12656

5681

44,9

 

Test sinovlarida qatnashish uchun ariza topshiruvchilar soni Toshkent shahri (2516), Farg`ona viloyati (1718), Xorazm viloyati (1213), Namangan viloyati (1061) yuqori ko`rsatgichga ega. Sirdaryo viloyati (175), Qoraqalpog`iston Respublikasi (368), Surxondaryo viloyati (377) bu borada past ko`rsatkichga ega.

Ijobiy baholanganlar orasida yuqori ko`rsatkichga ega viloyatlar Buxoro viloyati (58%), Navoiy viloyati (53,2%), Qoraqalpog`iston Respublikasi (48,6%), aksincha foiz jihatdan boshqa hududlarga qaraganda pastroq natijaga erishganlar Samarqand viloyati (35,2%), Qashqadaryo viloyati (36,6%), Sirdaryo viloyati (40%) dir.

Nemis va franstuz tillari B1 daraja bo`yicha talabgorlarning natijalarini quyidagi jadvalda ko`rish mumkin:

 

Hudud

Nemis tili

Fransuz tili

Arizalar soni

Sertifikat olganlar

Foiz

Arizalar soni

Sertifikat olganlar

Foiz

1

Qoraqalpog`iston Respublikasi

4

1

25

0

0

0

2

Andijon viloyati

8

1

12,5

6

1

16,7

3

Namangan viloyati

4

1

25

0

0

0

4

Farg`ona viloyati

18

12

66,7

7

1

14,3

5

Buxoro viloyati

3

0

0

4

0

0

6

Xorazm viloyati

39

26

66,7

19

9

47,4

7

Surxondaryo viloyati

6

2

33,3

1

0

0

8

Qashqadaryo viloyati

9

1

11,1

4

0

0

9

Jizzax viloyati

2

1

50

4

0

0

10

Navoiy viloyati

21

4

19

0

0

0

11

Samarqand viloyati

19

5

26,3

11

2

18,2

12

Sirdaryo viloyati

0

0

0

0

0

0

13

Toshkent viloyati

6

3

50

0

0

0

14

Toshkent shahri

24

15

62,5

11

5

45,5

 

Jami: 

163

72

44,2

67

18

26,9

 

Jadvaldan ko`rinib turibdiki, nemis tilidan sertifikat olish talablarini bajarganlar salmog`i Farg`ona viloyati va Xorazm viloyati (66,7%), Toshkent shahri (62,5%) da yuqori.

Fransuz tili bo`yicha talabgorlarning til bilish darajasi nisbatan sust. Ijobiy baholanganlar salmog`i Xorazm viloyati (47,4%) va Toshkent shahri (45,5%) da nisbatan yuqori.

B2 daraja bo`yicha ariza topshirgan talabgorlarning umumiy soni 798 ta bo`lib, ijobiy baholanganlar 387 (48,5%) tani tashkil etdi.

Shulardan, ingliz tili B2 daraja bo`yicha ariza topshirgan talabgorlar soni 509 ta bo`lib, ijobiy baholanganlar 291 tani (57,2%) va arab tili B2 daraja bo`yicha ariza topshirgan talabgorlar soni 251 ta bo`lib, ijobiy baholanganlar 76 (30,3%) tani tashkil etdi.

Read 9332 times Last modified on Wednesday, 27 February 2019 16:23