Davlat namunasidagi malaka sertifikati test sinovi uchun hujjatlar qabul qilinishiga
qoldi
Toggle Bar

A A A
Wednesday, 20 March 2019 17:13

25 martidan nsfla.uz saytida onlayn ro’yxatdan o’tish boshlanishini ma’lum qilamiz

Rate this item
(81 votes)

Hurmatli talabgorlar!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi aprel-may oylarida chet tilini bilish va egallash darajasini baholash uchun joriy yilning
25 martidan nsfla.uz saytida onlayn ro’yxatdan o’tish boshlanishini ma’lum qiladi.

Ro’yxatdan o’tayotganingizda o’ta e’tiborli bo’lishingiz talab etiladi! To’ldirishdan oldin barcha bandlar bilan batafsil tanishib chiqing. Arizani to’ldirish to’g’risidagi tartibga to’liq rioya etishingiz so’raladi.

Siz qo’shimcha bandda tanlagan yo’nalishingiz va hujjat topshirayotgan oliy ta’lim muassasangizni aniq ko’rsatishingiz lozim (masalan, Chet tili fani birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan ta’lim yo’nalishlari, “Toshkent davlat yuridik universiteti”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti” yoki “Boshqa oliy ta’lim muassasasi”).

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish to’g’risida”gi qaror loyihasi ayni paytda o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilayotganligini Sizga ma’lum qilamiz.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida chet tili fani birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida kirish imtixonlaridan imtiyoz belgilanishi uchun B2 daraja talab etilishi taklif etilgan.

Ta’kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlanganidan so’ng Chet tili fani birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan ta’lim yo’nalishlari, “Toshkent davlat yuridik universiteti”ga imtiyoz uchun talab B2 darajada belgilansa, Siz tomoningizdan arizada belgilangan B1 darajasi shu yo’nalish va oliy ta’lim muassasasini tanlagan talabgorlar uchun avtomatik tarzda B2 darajaga o’zgartiriladi. Bu to’g’risida talabgorlar ro’yxatdan o’tish davrida o’z roziligini bildirishi lozim.

Test sinovlarini odilona va shaffof o’tkazish maqsadida barcha talabgorlar tomonidan hujjatlarni shaxsan topshirishlari hamda barmoq izlarini skanerdan o’tkazishlari talab qilinadi.

Hujjatlarni Toshkent shahri va viloyatida bevosita Davlat test markazida hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo’linmalarda qabul qilinishini ma’lum qilamiz. Hududiy bo’linmalar to’g’risidagi ma’lumotlar talabgorning shaxsiy kabinetida (my.nsfla.uz) ma’lum qilingan.

Barchangizga omad tilaymiz!!!

Read 7239 times