A A A
Wednesday, 09 October 2019 18:57

Talabgorlar diqqatiga!

Rate this item
(1 Vote)

Joriy yil oktabr oyi uchun "online" ro’yxatdan o’tib, hujjatlarini Davlat test markazi va uning hududiy bo’limlariga olib kelib topshirgan talabgorlar uchun Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi 2019-yil 16-oktabr kuni bo’lib o’tadi.

 

Sinovlarnig “gapirish qismi” test sinovlarining keyingi ikki kuni davomida bo’lishi ko’zda tutilmoqda.

 

Test sinovlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida hamda talabgorlarning murojaatlariga asosan, “Gapirish” ko’nikmasini baholash imtihonlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

 

Imtihon sanasi hamda vaqtini Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasining rasmiy sayti http://my.nsfla.uz/ orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Davlat test markazi barchaga omad tilaydi!

Read 1080 times